» » Bekobodlik fuqaro Oqqo‘rg‘on tumanida ikki bosh qoramol o‘g‘irladi

Bekobodlik fuqaro Oqqo‘rg‘on tumanida ikki bosh qoramol o‘g‘irladi


Oqqo‘rg‘on tuman IIBga 1973-yilda tug‘ilgan A.A ariza bilan murojaat qildi, deb xabar beradi Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati.

Fuqaro o‘z arizasida joriy yilning 15-dekabr kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs hech kim yo‘qligidan foydalanib, uyi molxonasidan narxi taxminan 6 000 000 so‘mlik ikki bosh qoramolni o‘g‘irlaganligini ma’lum qilgan.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Bekobod tumanida yashovchi 1987-yilda tug‘ilgan B.A sodir etganligi aniqlanib ushlandi.

IIB holat yuzasidan tergov olib bormoqda.

Опубликовано: admin (25-12-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют