» » Kobuldagi portlash qurbonlari soni 6 kishiga yetdi

Kobuldagi portlash qurbonlari soni 6 kishiga yetdi


Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida sodir bo‘lgan portlash oqibatida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy hukumatga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Avvalroq, xudkush terrorchi razvedka binosi yaqinida o‘zini portlatib yuborishi oqibatida 4 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Xavfsizlik xizmatidagi manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra, xudkush portlash sodir bo‘lgan joyga qadar piyoda kelgan va idora xodimlari ishga ketayotganida portlovchi qurilmani harakatga keltirib yuborgan.

Portlash oqibatida mashina ichida bo‘lgan olti kishi halok bo‘lgan.

Hozircha ushbu hujum bo‘yicha hech kim mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olmadi.

Опубликовано: admin (25-12-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 99) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют