» » Toshkentda O‘zbekiston—Turkiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda O‘zbekiston—Turkiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi


25-dekabr kuni Toshkentda o‘zbek va turk kompaniyalari ishtirokida O‘zbekiston—Turkiya biznes-forumi tashkil etildi. Bu haqda savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad o‘zbek va turk kompaniyalari o‘rtasida savdo aloqalari yo‘lga qo‘yilishini qo‘llab-quvvatlash, yangi qo‘shma korxonalarni ishga tushirish va yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Biznes-forumda o‘zbek va turk ishbilarmon doiralari ma’ruza qildi.

Ishbilarmonlik uchrashuvi chog‘ida ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, ikki davlatning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati namoyish etilib, yangi bosqichdagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

Turkiya O‘zbekistonning muhim savdo hamkori hisoblanadi. 2016-yil yakunlari bo‘yicha o‘zaro savdo aylanmasi 1,2 milliard dollarga yetdi. Joriy yilning 9 oyi davomida o‘zaro savdo aylanmasi hajmi 29 foizga o‘sdi.

Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekistonda Turkiyaning 500 ga yaqin firma va kompaniyalari faoliyat yuritadi.

Опубликовано: admin (25-12-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют