» » To‘rt “yapon”, xuddi shuncha “amerikalik” va ikki “koreys”: Google yilning eng mashhur avtomobil markalari ro‘yxatini e’lon qildi

To‘rt “yapon”, xuddi shuncha “amerikalik” va ikki “koreys”: Google yilning eng mashhur avtomobil markalari ro‘yxatini e’lon qildi


Google qidiruv tizimi AQShning 2017-yildagi eng mashhur avtomobil markalari ro‘yxatini e’lon qildi. “Motor”ning yozishicha, reyting eng ko‘p qidirilgan so‘rovlar asosida tuzib chiqilgan. Ro‘yxatdan 10 kompaniya o‘rin olgan.

O‘tgan yil bilan taqqoslaganda, reyting sezilarli o‘zgargan. Ro‘yxatdan, masalan, Bentley, Maserati, Lamborghini va Rolls-Royce kabi juda qimmat premium va sport markalari tushib qolgan. Ayni vaqtda, Kia va Hyundai koreys brendlari reytingdan joy olgan — 2016-yilgi ro‘yxatda ular yo‘q edi.

2016-yili amerikaliklar tomonidan Google’da eng ko‘p qidirilgan marka Honda bo‘lgan edi. 2015-yilgi ro‘yxatda Chevrolet, 2014-yilgisida esa Ford peshqadamlik qilgan. E’tiborli tomoni, uch yil avvalgi reytingda atigi bitta Yevropa brendi — BMW bor edi. Keyinchalik ularning soni uchtagacha (Porshce, Mercedes-Benz va Volkswagen), 2016-yilda esa yettitagacha ko‘paydi.

Опубликовано: admin (25-12-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют