» » Qozog‘istonning “Jasampaz” konsorsiumi O‘zbekiston va Belarusga mato yetkazib berishni rejalashtirmoqda

Qozog‘istonning “Jasampaz” konsorsiumi O‘zbekiston va Belarusga mato yetkazib berishni rejalashtirmoqda


Qozog‘istonning “Jasampaz” yengil sanoat tashkilotlari konsorsiumi O‘zbekiston va Belarusga matolarni yetkazib berishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi “Kazinform”.

“Joriy yilda biz O‘zbekiston, Belarus davlarlarining biznes-jamoalari bilan samarali ishlarni amalga oshirdik. O‘zbekiston Respublikasining kuch tuzilmalariga mato tayyorlash, Belarusga esa dag‘al mato yetkazib berish rejamizda bor. Janubiy Qozog‘iston viloyatida qozoq paxtasidan ushbu materiallarning muqobilini ishlab chiqaradigan tashkilotlar mavjud”, — dedi “Jasampaz” konsorsiumi qo‘mitasining ijrochi raisi Gulmira Uaxitova.

Bundan tashqari “Jasampaz” oddiy aholi uchun ham mahsulotlar tayyorlashga ko‘proq e’tibor qaratish niyatida.

“Yengil inventor bo‘yicha ko‘plab yo‘nalishlarimiz ham mavjud. Shu turdagi buyurtmalar tizimining sharofati bilin bizning korxonalarda oddiy aholi uchun mahsulotlar tayyorlash sohasini rivojlantirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bizning feshn-sanoati bo‘yicha yo‘nalishlarimiz bisyor, uni eksportga chiqarishni istaymiz”, — deya ta’kidladi Gulmira Uaxitova.

Опубликовано: admin (25-12-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют