» » AQShlik erkak o’zi bilan birga yashagan rafiqasining vafot etganini 1 oy sezmadi

AQShlik erkak o’zi bilan birga yashagan rafiqasining vafot etganini 1 oy sezmadi


AQShning Illinoys shtati Chikago shahrida yashovchi erkak o‘zi bilan birga yashagan rafiqasining vafot etganini bir oy sezmadi, deb xabar beradi Chicago Sun Times.

60 yoshli Stiven Seylerning so‘zlariga ko‘ra, u bir oy davomida yotoqxonasidan g‘alati hid chiqayotganini sezsa-da, rafiqasining holidan xabar olmagan.

58-yoshli Tamara Uilson 10-dekabr kuni yotoqxonasidan ustiga ko‘k brezent parchasi yopilgan holda topildi. Politsiyachilar marhumaning qizi onasi ancha vaqtdan beri aloqaga chiqmagani uchun xavotir olib, ulardan onasidan xabar olishni so‘raganidan so‘ng uyga kirgan.

O‘z navbatida, Seyler qizi qo‘ng‘iroq qilmaguniga qadar rafiqasining vafot etganini sezmaganini ma’lum qilgan. Biroq, politsiyachilar uning so‘zlariga shubha bilan qaramoqda.

Erkak 19-dekabr kuni o‘z xonadonida qo‘lga olingan. Uning yonidan marhum rafiqasining pasporti, uning kredit kartasi, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi va nikoh uzugi bo‘lgan. 22-dekabr kuni u uy qamog‘iga mahkum etilgan.

Seyler oktabr oyida sud tomonidan uydagi zo‘ravonlik va kuch ishlatishda aybdor deb topilgan edi. Sud erkakka uyiga alkogol yoki narkotik ta’sirida qaytishni taqiqlagan edi.

Kuzatuv kameralaridagi yozuvlarga ko‘ra, politsiya uning rafiqasining jasadini topguniga qadar besh kun ichida u har kuni uyga kirib, chiqib pochtasini tekshirib yurgan.

Juftlik 2014-yilda turmush qurgan, ularning 22 yoshli qizi bor.

Опубликовано: admin (25-12-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют