» » Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 61 ta turar-joy binosi aholisi vaqtincha issiqlik ta‘minotisiz qolishi mumkin

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 61 ta turar-joy binosi aholisi vaqtincha issiqlik ta‘minotisiz qolishi mumkin


Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi Buyuk Ipak yo‘li (Markaz-1) va Oloy (Markaz-2) mavzesi aholisini issiqlik ta’minotida kuzatilishi mumkin bo‘lgan uzilishdan ogohlantirdi.

“Mirobod tumanidagi 2Du 800 magistral truba o‘tkazgichining avariyaviy yorilishi tufayli Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk Ipak yo‘li va Oloy mavzesida issiqlik ta’minotida vaqtincha uzilish kuzatilishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Uzilishlar 89 ta obyektga o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin. Ulardan 61 tasi turar-joy binosi, uchtasi maktabgacha ta’lim muassasasi, ikkitasi maktab va 23 tasi ma’muriy binolardir.

Tuman hokimligi aholidan noqulaylik uchun uzr so‘radi.

Опубликовано: admin (25-12-2017, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют