» » Jizzaxda 17 ehtiyojmand oilaga yangi uy kaliti topshirildi

Jizzaxda 17 ehtiyojmand oilaga yangi uy kaliti topshirildi


Yangi yil bayrami arafasida Jizzax viloyatida imkoniyati cheklangan fuqarolarning bir guruhiga Prezident sovg‘asi — zamonaviy uylar, nogironlik aravachalari, tikuv mashinalari berilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Mirzacho‘l tumani markazidagi G‘alaba mahallasida ehtiyojmand oilalar, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarga yangilangan namunaviy loyihalar asosida bunyod etilgan uy-joylar tantanali topshirildi.

Mahallada yangilangan loyiha asosida har biri 16 oilaga mo‘ljallangan 2–3 xonadan iborat ikkita zamonaviy uy qurib bitkazildi. Uylarning 3 xonadoni ehtiyojmand fuqarolarga berildi.

Shu kuni ehtiyojmand fuqarolardan 16 nafariga kattalar, 10 nafariga bolalar nogironlik aravachasi topshirildi. Aravachalarning 6 tasi “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan sovg‘a qilindi. Mehnat qilish imkoniyati va istagi bo‘lgan nogiron fuqarolardan 17 nafari “Jizzax paxta sanoat” hamda “Do‘stlikdon” aksiyadorlik jamiyatlari korxonalariga kasanachilik asosida ishga joylashtirilib, tikuv mashinalari bilan ta’minlandi.

Tadbirda O‘zbekiston Prezidentining davlat maslahatchisi T. Xudoybergenov, Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E. Soliyev ishtirok etdi.

Опубликовано: admin (25-12-2017, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют