» » Toshkentda kun davomida 200 dan ortiq odam tashish qoidalarining buzilishi qayd etildi

Toshkentda kun davomida 200 dan ortiq odam tashish qoidalarining buzilishi qayd etildi


Toshkent shahar YHXB xodimlari tomonidan joriy yil 24-dekabr kuni “Tozalash-Antiterror” tadbiri doirasida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida o‘tkazilgan ishlar davomida jami 2121 qoidabuzarlik aniqlandi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, 27 ta mast holatda transport vositasini boshqarish, 18 ta transport vositalarini hujjatsiz boshqarish, 32 ta svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga rioya qilmaslik, 16 ta harakat davomida uyali telefondan foydalanish, 242 ta odam tashish qoidalarini buzish, 113 ta tezlikni belgilangan me’yoridan oshirish, 2 ta bo‘ysunmaslik, 1087 ta xavfsizlik kamarini taqish qoidalariga bo‘ysunmaslik holati qayd etildi.

Jami 64 ta transport vositasi jarima maydonchasiga tortildi. Hozirda ushbu yo‘nalishda tadbirlar o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.

Опубликовано: admin (25-12-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют