» » Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotda noreal raqamlar ortidan quvishni tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotda noreal raqamlar ortidan quvishni tanqid qildi


25-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakat eksport imkoniyatlarini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tadbirda Prezidentning davlat maslahatchilari, bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, tegishli vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi. Shuningdek, videokonferensiya aloqasi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbariyati, mahalliy hokimliklar, vazirlik va idoralarning hududiy tuzilmalari, eksportchi korxonalar va fermer xo‘jaliklari rahbarlari qatnashdi.

Yig‘ilishda 2017-yil yakuni bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari to‘liq bajarilishini ta’minlash, milliy mahsulotlar eksporti geografiyasini kengaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport sohasidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlarini tashqi bozorlarga yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Davlat rahbari iqtisodiyotning barqaror va yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qolishning eng muhim omillaridan biri bu mamlakat eksport salohiyatini izchil oshirish va undan to‘liq foydalanish, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarining tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini kuchaytirish ekanini ta’kidladi. Shuningdek, korxonalarning an’anaviy tashqi bozorlardagi o‘rnini mustahkamlash va kengaytirish, yangi bozorlarga kirib borish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirish zarurligiga e’tibor qaratildi.

Mamlakat iqtisodiy siyosatida noreal raqamlar ortidan quvish, amalda samara bermaydigan rejalar haqida balandparvoz gaplar bilan so‘z yuritishdek noma’qul ish uslubi tanqid qilindi.

Hisobot uchun emas, muayyan natijaga erishishni maqsad qilgan holda ish yuritishni tashkil qilish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2017-yilda iqtisodiy o‘sish 5,5 foizni tashkil etdi, eksport hajmi qariyb 15 foizga ko‘paydi. 2018-yil davomida eksportning umumiy moliyaviy qiymati 12,1 milliard dollarga teng bo‘lishi kutilmoqda.

Yig‘ilishda so‘nggi bir yil davomida tadbirkorlarning eksport sohasidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahsulotlarni oldindan to‘lov asosida eksport qilish, valyuta tushumlarini majburiy sotish, hozirgi kun talabiga javob bermaydigan, ortiqcha ruxsatnomalarni bekor qilish hamda eksport faoliyatida soliq imtiyozlarini qo‘llashni kengaytirishga doir qabul qilingan qator farmon va qarorlar qabul qilingani ta’kidlandi.

Yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari hamda hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi va muhokama qilindi. Ayrim tarmoqlar va hududlar rahbarlarida mas’uliyat, talabchanlik va tashabbuskorlik yetishmayotgani, eksport dasturini bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani tanqid qilindi.

Davlat rahbari tegishli mutasaddilarga mamlakat eksport salohiyatini oshirish, eksport geografiyasi va nomenklaturasini kengaytirish, eksportchi korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yangi tadbirkorlik subyektlarini eksport faoliyatiga jalb qilish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.

Опубликовано: admin (25-12-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют