» » Amerikalik kishi hech narsa buyurtma qilmasdan Amazon’dan 1 oy davomida telefon aksessuarlari oldi

Amerikalik kishi hech narsa buyurtma qilmasdan Amazon’dan 1 oy davomida telefon aksessuarlari oldi


AQShning Michigan shtatida yashovchi Terri Miller bir oy davomida Amazon’dan buyurtma qilinmagan g‘alati jo‘natmalar oldi. Jo‘natmalarda telefonlar uchun aksessuarlar va kiyimlar uchun qoplar bo‘lgan. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Millerning so‘zlariga ko‘ra, jo‘natmalarda uning aniq manzili va telefon raqami ko‘rsatilgan. Jo‘natmalar kela boshlagandan to‘rt hafta o‘tib, u kompaniyaga qo‘ng‘iroq qilgan, biroq unga hech kim yordam bermagan. Amazon tomonidan uning hisobidan pul olinmasligi va jo‘natmalarni uyida qoldirishi kerakligi ma’lum qilingan. Jo‘natuvchi haqida ham ma’lumot olishga muvaffaq bo‘linmagan, shundan so‘ng Miller politsiyaga murojaat qilgan.

Miller o‘zi xohlagan hech narsani olmaganini aytgan, hatto simsiz quloqchinlar ham pushtirangda bo‘lgan. Erkak aksessuarlarni tashlab yuborish yoki kimgadir sovg‘a qilishni ko‘zlamoqda.

Опубликовано: admin (26-12-2017, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют