» » Bitkoinning haqiqiy narxi ma’lum bo‘ldi

Bitkoinning haqiqiy narxi ma’lum bo‘ldi


Morgan Staneley bankining tahlilchilari tadqiqot o‘tkazdi va bitkoinning haqiqiy narxi qancha ekanligini ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, kriptovalyuta oltin yoki haqiqiy puldan keskin farq qiladi. Chunki kriptovalyuta foizli stavka bilan umuman bog‘lanmagan. U ko‘proq o‘tkazma uchun haq olinadigan to‘lov tizimiga o‘xshaydi.

Qayd etilishicha, kriptovalyutaning narxi iqtisodiy tahlilning klassik vositalari yordamida qiyinchilik bilan belgilanadi. Bundan tashqari, bitkoinning narxi nol dollarga teng va uning haqiqiy “vazni” faqatgina hisob-kitob tizimi talabi darajasidan kelib chiqib belgilanadi. Agar texnologiyadan hech kim foydalanmasa, uning qiymati nolga teng bo‘ladi.

Tahlilchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, bitkoinlardagi o‘tkazmalarning bir sutkadagi o‘rtacha hajmi taxminan uch milliard dollarni tashkil qiladi. Bunda valyuta bozoridagi savdo hajmi besh trillion dollardan oshadi.

Опубликовано: admin (26-12-2017, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют