» » O‘zbekiston Qahramoni Avaz Ergashev 68 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston Qahramoni Avaz Ergashev 68 yoshida vafot etdi


O‘zbekiston Qahramoni Avaz Ergashev 25 dekabr kuni 68 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Avaz Ergashev 1949-yilda Jomboy tumanida tug‘ildi. Faoliyati davomida Jomboy tumanidagi jamoa xo‘jaligida brigada boshlig‘i, bosh agronom va xo‘jalik raisi vazifalarida, shuningdek, “Jomboy don” aksiyadorlik jamiyati, tuman mashina-traktor parkida rahbarlik lavozimlarida mehnat qildi. 2009-2015 yillarda Jomboy tumanidagi “Avaz agro hosil” fermer xo‘jaligi boshlig‘i sifatida samarali faoliyat olib bordi. 

U o‘zining ko‘p yillik faoliyati davomida paxtachilik, g‘allachilik, chorvachilik va qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shdi. Fermerlik harakatini tashkil etish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini shakllantirish borasida samarali mehnat qildi. Uning rahbarligidagi fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha viloyatda eng yuqori ko‘rsatkichlarga erishib kelgan.

Avaz Ergashevning ko‘p yillik samarali mehnati munosib taqdirlanib, O‘zbekiston Qahramoni unvoni bilan mukofotlangan edi.

Опубликовано: admin (26-12-2017, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют