» » “Islom” jurnali muharriri Ayna Gamzatova Rossiya prezidentligiga saylovda ishtirok etishi mumkin

“Islom” jurnali muharriri Ayna Gamzatova Rossiya prezidentligiga saylovda ishtirok etishi mumkin


Maxachqal’ada 30-dekabr, shanba kuni Dog‘iston muftiysi Ahmad Abdullayevning turmush o‘rtog‘i, yozuvchi va jurnalist Ayna Gamzatovani Rossiya prezidentligiga nomzod sifatida ilgari surilishini qo‘llab-quvvatlovchi saylovchilar guruhi yig‘ilishi o‘tkaziladi. Bu haqda “Interfaks” ma’lum qildi. 

46 yoshli Gamzatova Rossiyadagi yirik musulmon axborot xoldingini boshqaradi, “Islom” jurnali bosh muharriri, “Yo‘l” xayriya fondi ta’sischilaridan biri. Vahhobiylarga nisbatan toqatsizligi bilan tanilgan: ular 1998-yilda birinchi eri, Dog‘iston muftiysi Saidmuhammad Abubakarovni o‘ldirgandi. 

5-yanvarga qadar Ayna Gamzatova nomzodining ilgari surilishi bilan bog‘liq barcha zarur hujjatlar Rossiya Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

Ekspertlar Gamzatova saylovda ishtirok etgan taqdirda, o‘zi va turmush o‘rtog‘ining musulmon jamoasidagi obro‘sini e’tiborga olgan holda, kamida 2 million ovoz to‘plashi mumkinligini bildirmoqda. 

Опубликовано: admin (26-12-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют