» » 2017-yili Samarqandda sodir etilgan har beshinchi jinoyat ochilmay qoldi

2017-yili Samarqandda sodir etilgan har beshinchi jinoyat ochilmay qoldi


Samarqand viloyatida 2017-yil boshidan buyon uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar o‘tgan yilga nisbatan 7,9 foiz, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar 2,7, bosqinchilik 18,5, nomusga tegish 16,4 va bezorilik 20,8 foizga kamaydi. Bu haqda hududlarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish respublika komissiyasi hamda xalq deputatlari viloyat kengashining qo‘shma yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar beradi O‘zA.

Ayollar, yoshlar va muqaddam sudlanganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar kamayishi kuzatilgan. Ammo Bulung‘ur, Qo‘shrabot, Oqdaryo, Paxtachi, Pastdarg‘om va Jomboy tumanlarida mazkur toifadagi jinoyatlar sezilarli ravishda oshgan. 

Viloyat bo‘yicha og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar 31,5, o‘g‘rilik 10,1, firibgarlik 8,4, talonchilik 50, transport vositasini olib qochish 17,4, guruhlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 7,8 foizga ko‘paygan. 

Shuningdek, viloyatda tezkor-qidiruv bo‘yicha chora-tadbirlar ham yetarli darajada amalga oshirilmagan. Sodir etilgan umumiy jinoyatlarning 22,6 foizi, jinoyat-qidiruv yo‘nalishidagi jinoyatlarning 32,6 foizi fosh etilmagan. Qidiruv tadbirlari samarali tashkil etilmagani sababli ichki ishlar organlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan shaxslarning 34,9 foizi ushlanmagan.

Опубликовано: admin (26-12-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют