» » Putin MDH mamlakatlari rahbarlari bilan Rossiyaning Hamdo‘stlikdagi raisligi yakunlarini muhokama qiladi

Putin MDH mamlakatlari rahbarlari bilan Rossiyaning Hamdo‘stlikdagi raisligi yakunlarini muhokama qiladi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvada MDH mamlakatlari rahbarlari bilan bo‘lib o‘tadigan norasmiy uchrashuvda Rossiyaning 2017-yilda Hamdo‘stlikdagi raisligi yakunlarini muhokama qiladi, deb yozadi “TASS” Kreml matbuot xizmatiga tayanib. Uchrashuv ishtirokchilari turli sohalardagi hamkorliklarni yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha fikr almashadi.

Sammitda Putindan tashqari, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston prezidenti Serj Sargsyan, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Moldova prezidenti Igor Dodon, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qatnashadi.

“O‘ylaymanki, yaqin orada, shu oy oxirida yana bir marta to‘planamiz va bu borada (raqamli texnologiyalar haqida) yana bir marta gaplashib olamiz, bu endi norasmiy bo‘ladi. Umid qilamanki, biz yig‘ilishamiz, MDH doirasida norasmiy uchrashuv bo‘ladi”, — degan edi Putin 14-dekabrdagi katta matbuot anjumanida.

Опубликовано: admin (26-12-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют