» » Kecha va bugun: Nukus shahrida barpo etilgan Samsung zavodi (foto)

Kecha va bugun: Nukus shahrida barpo etilgan Samsung zavodi (foto)


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi sobiq “Nukus Remmash” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘rnida barpo etilgan “Samsung Nukus” zavodining suratlari taqdim etildi.

Hozirda “Samsung Nukus” zavodida ishlab chiqarilayotgan televizor va changyutgichlar qo‘shni mamlakatlarga eksport qilinmoqda. Korxona mutasaddilari bergan ma’lumotga ko‘ra, bugun bu yerda Samsung brendi ostida 4 turdagi televizor, 13 turdagi changyutgichlar ishlab chiqarilmoqda.

Istiqboldagi rejalarga ko‘ra, 2018-yil yangi turdagi 60 ming dona televizor va 100 ming dona changyutgich tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi, mahalliylashtirish darajasi 60 foizga tenglashadi. Bundan tashqari, yiliga 100 ming dona mikroto‘lqinli pech ishlab chiqarish bo‘yicha ham ishlar boshlab yuborilgan.

Опубликовано: admin (26-12-2017, 10:30)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют