» » AQShlik olimlar OITVni “a’lo darajada” yo‘qotuvchi dorini yaratdi

AQShlik olimlar OITVni “a’lo darajada” yo‘qotuvchi dorini yaratdi


AQShning Yel universiteti molekulyar biologlari OITV(Odam immun tanqisligi virusi)ga hujayra DNKsiga o‘zini kiritishga yordam beruvchi ferment ishini tiyadigan o‘ta samarali dorini yaratdi va uning yordamida sichqonlarni infeksiyadan himoyaladi, deb yozadi “RIA Novosti” PNAS jurnalida chop etilgan maqolaga tayanib.

“Bizning ‘modda-1’imiz bilan to‘ldirilgan nanozarrachalarning bitta dozasi sichqonlarning T-hujayralarini ommaviy qirilib ketishdan himoya qildi va uch hafta davomida virusli zarrachalarning konsentratsiyasini minimal darajada ushlab turdi. ‘Modda-1’ OITVning oddiy klinik shtammlari bilan ham, uning mustahkam versiyalari bilan ham kurashishga qodir”, — deb yozadi Keren Anderson va uning Yel universitetidagi hamkasblari.

Olimlar aniqlik kiritishicha, hozirda OITVga chalinganlar antiretrovirus preparatlarini qabul qilib o‘nlab yil umr kechirishi mumkin. Ammo ular kuchli nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqarishi tufayli, shifokorlar ularni qabul qilishni bir necha haftaga to‘xtatishga majbur bo‘ladi. Shunda OITV jadallik bilan rivojlanib, uch yoki ikki haftada infeksiyaning boshlang‘ich ko‘lamiga qaytib oladi. So‘nggi yillarda olimlar virusning bunday “kontrhujumi”ga yo‘l qo‘ymaslikka yordam beruvchi dorini topishga harakat qilmoqda.

Опубликовано: admin (26-12-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют