» » Super Liganing barcha o‘yinlari jonli ko‘rsatilishi mumkin. O‘FF Sport-TV va UzReport bilan kelishuvga erishgan

Super Liganing barcha o‘yinlari jonli ko‘rsatilishi mumkin. O‘FF Sport-TV va UzReport bilan kelishuvga erishgan


O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov “Gazeta.uz” nashri bilan suhbatda teletranslyatsiyalar masalasiga oydinlik kiritib o‘tdi. Uning aytishicha, 2018-yildan boshlab Super Liganing barcha o‘yinlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qilinishi ham mumkin.

Federatsiyaga kelganimda, jonli efirlar deyarli to‘xtagan vaqti edi. Hozir biz Sport-TV hamda UzReport bilan ishlab, o‘yinlarni yoritish uchun minmum 6+1 kameralardan foydalanmoqchimiz. Chunki vaziyat faqatgina burchakdan ko‘rsatib berilsa, uni noto‘g‘ri talqin qilsa bo‘ladi. Endi esa hakamlar qanday qarorlar chiqarayotganini aniqroq bilib olish imkoniga ega bo‘lamiz. Bunga yangi mavsumdanoq ulgurmoqchimiz. Rejamiz bo‘yicha, Super Liganing har bir o‘yini to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya bo‘lishi kerak.

Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti

Ahmadjonov kelasi mavsumdan boshlab futbol uchrashuvlari 18:00 dan erta boshlanmasligi masalasiga ham to‘xtaldi.

Biz O‘zbekiston Kubogining final o‘yinini 15:00 ga tayin qilgandik. Chunki chiptalarni bepul qilib qo‘ydik, istagan odam finalga tashrif buyurishi uchun imkoniyat yaratdik. Shuningdek, kechga tomon havoning keskin sovib ketishini ham inobatga oldik.

Yangi mavsumdan esa o‘yinlar 18:00 dan keyin boshlanadi. Muxlislar o‘z jamoasi ishtirokidagi o‘yinni ishdan chiqib bemalol ko‘ra olsin.

Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti

Bungacha FIFA hamda OFK kabi tashkilotlar O‘zbekiston futboli uchun mablag‘ ajratgani borasida xabar berilgandi. O‘FF bu pullarni qanday maqsadlarda sarflamoqda?

Hozir biz FIFA va OFKdan pul oldik. Bu mablag‘ni U16 va U19 termalarining yig‘inlari, murabbiy va mutaxassislar oyligi uchun sarf etmoqdamiz. Ayni holatda mahalliy homiylarimiz yo‘q. Shuning uchun ham bir qator yirik kompaniyalar bilan 2018-yil bo‘yicha hamkorlik masalasida ishlamoqdamiz. Bu haqda albatta xabar beramiz.

Yaqin vaqt ichida Mercedes-Benz kompaniyasidan FIFAning puliga miniven va milliy terma jamoa uchun 50 o‘rinli avtobus sotib olish masalasisi hal etiladi.

Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti

Опубликовано: admin (26-12-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют