» » Kattaqo‘rg‘onda “Armiya va yoshlar” harbiy-vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi

Kattaqo‘rg‘onda “Armiya va yoshlar” harbiy-vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi


Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlar tashkil topganining 26 yilligiga bag‘ishlab Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahridagi “Do‘stlik” sport o‘yingohida “Armiya va yoshlar” nomli harbiy-vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi. Bu haqda mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Olti mingga yaqin ishtirokchini to‘plagan festival-aksiya doirasida markaziy harbiy okrug tomonidan zamonaviy rusumdagi harbiy texnika va qurol-aslaha namunalari, harbiy ta’minotga oid ko‘rgazmalar, harbiy xizmatchilar ishtirokidagi ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Tadbirda ishtirokchilar uchun Kattaqo‘rg‘on garnizoni harbiy orkestri hamda shahar madaniyat bo‘limining konsert dasturlari namoyish etildi.

Опубликовано: admin (26-12-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют