» » Buxoroda o‘zini profilaktika inspektori sifatida tanishtirgan 2 shaxs kollej o‘quvchisini o‘marib ketdi

Buxoroda o‘zini profilaktika inspektori sifatida tanishtirgan 2 shaxs kollej o‘quvchisini o‘marib ketdi


Buxoro viloyati Romitan tuman IIBga Qizilqum qishlog‘ida yashovchi 2000-yilda tug‘ilgan Buxoro avtomobil va yo‘llar kolleji 2-bosqich o‘quvchisi Amirbek Nurmaxonov ariza bilan murojaat qildi, deb xabar beradi Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati.

Talaba o‘z arizasida kollej yotoqxonasi binosi oldida noma’lum shaxs o‘zini uchastka noziri deb tanishtirib, unga tegishli bo‘lgan Samsung J5 rusumli telefon apparati, 250 000 so‘m naqd puli va fuqaro Sulaymon Murotovning nomiga rasmiylashtirilgan plastik kartochkani olib ketganligini bildirgan.

Olib borilgan tekshiruv ishlari davomida ushbu jinoyat Buxoro tumani Shergiron MFY hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘li yoqasida Xonobod MFY Ko‘xnamachit qishlog‘ida yashovchi 1998-yilda tug‘ilgan Sodiqbek Botirov hamda 1997-yilda tug‘ilgan Bahrom Rustamovlar tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sodiqbek Botirov va Bahrom Rustamovlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 166-moddasi (Talonchilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Опубликовано: admin (26-12-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют