» » Surxondaryoda aldov orqali mahalladoshlaridan 3 ming dollar olgan fermer qo‘lga olindi

Surxondaryoda aldov orqali mahalladoshlaridan 3 ming dollar olgan fermer qo‘lga olindi


Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi Surxon-Diyor mahallasida istiqomat qiluvchi fermer M.K fermer xo‘jaligi yer maydonida noqonuniy qurilgan uy-joylarni xususiylashtirish bahonasida ikki mahalladoshini aldadi, deb xabar beradi O‘zA.

Fermer 2017-yil noyabr oyida shu maqsadda ulardan uch ming dollar oladi. Keyinchalik fuqarolardan biriga ming dollarni qaytarib bergan fermer boshqasining ikki ming dollarini o‘z xarajatlariga sarflab yuboradi.

Tergov-surishtiruv ishlari davomida fermer yer maydonida qonunga zid ravishda uy-joy qurgan ikki mahalladoshidan kadastr hujjatlarini tayyorlab berishga yordamlashsish vaji bilan shu yil fevral oyida ham pul olgani ma’lum bo‘ldi.

Surxondaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, yakunlanayotgan yil vohada firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 70 taga kamayib, 315 tani tashkil etgan.

Опубликовано: admin (26-12-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют