» » O‘zbekistonga noqonuniy ravishda kiyim-kechak olib kirishga uringan qirg‘izistonlik ayol qo‘lga olindi

O‘zbekistonga noqonuniy ravishda kiyim-kechak olib kirishga uringan qirg‘izistonlik ayol qo‘lga olindi


Aydarken chegara otryadi Qirg‘izistonning Botken tumani Arpasoy hududida qirg‘iz—o‘zbek chegarasidan tovarlarni noqonuniy ravishda olib o‘tishga uringan qonunbuzarlik holatini aniqladi. Bu haqda Qirg‘iziston davlat chegara xizmatining ma’lumotlariga tayanib, K-News xabar berdi.

Idoraning ma’lumotlariga ko‘ra, qirg‘izistonlik ayol O‘zbekistonga noqonuniy ravishda qiymati 30 ming qirg‘iz so‘miga (3,5 million o‘zbek so‘mi) teng bo‘lgan kiyim-kechaklarni olib o‘tishga uringan. Qo‘lga olingan ayolning tovarlarga tegishli hech qanday hujjati bo‘lmagan.

“Qirg‘iziston fuqarosi bojxona rejimini buzganligi uchun 3 ming qirg‘iz so‘mi miqdorida jarimaga tortildi. Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgach, qo‘lga olinga ayol va kontrabanda mahsulotlari mamlakatning hududiy davlat chegara xizmati bo‘linmasiga topshirildi”, — deyiladi xabarda.

Опубликовано: admin (26-12-2017, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют