» » Daryolar o‘zanlarini tozalash ustidan tekshirishlar endi Respublika kengashi bilan muvofiqlashtirilmaydi

Daryolar o‘zanlarini tozalash ustidan tekshirishlar endi Respublika kengashi bilan muvofiqlashtirilmaydi


Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qarorlari bilan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarga qo‘shimchalar kiritildi, deb yozadi Norma.

Hujjatga muvofiq, vakolatli organlarning amalga oshirish uchun Respublika kengashi yoki viloyat komissiyalaridan qo‘shimcha rozilik olish talab qilinmaydigan nazorat funksiyalari ro‘yxati kengaytirildi.

Endi yakka tartibdagi tadbirkorlar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar tomonidan daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlari ustidan nazorat muvofiqlashtirishsiz olib boriladi. Amalga oshiriladigan ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-sentabrdagi PQ-3286-son “Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.

Nazorat funksiyasini O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari bajaradi.

Опубликовано: admin (26-12-2017, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют