» » Farg‘onada 150 nafar valyutafurush qo‘lga olindi

Farg‘onada 150 nafar valyutafurush qo‘lga olindi


Farg‘onada valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan 11 fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 141 ma’muriy huquqbuzarlikka doir ishlar yuritilgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Milliy xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyat boshqarmasi, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirlar davomida 152 holatda fuqarolar tomonidan valyuta qimmatliklari qonunga xilof ravishda muomalaga kiritilgani aniqlangan.

D.Berdiqulov va U.Ergashevlar 8 ming 250 AQSh dollarini 63 million 937 ming 500 so‘mga sotayotgan vaqtda daliliy ashyo bilan ushlangan.

T.Soliyev va G‘.Mamasoliyevlar 7 ming AQSh dollarini 53 million 900 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Ularning yonidan 699 AQSh dollari va 864 ming so‘m pullar sotish maqsadida saqlab kelingani aniqlanib, ashyoviy dalil sifatda olingan.

Опубликовано: admin (26-12-2017, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют