» » Zangiotada pirotexnika vositalari saqlanayotgan ombor faoliyati fosh etildi

Zangiotada pirotexnika vositalari saqlanayotgan ombor faoliyati fosh etildi


Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasining oldini olish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.

Jumladan, Yangiyo‘l shahrida o‘tkazilgan tadbirda 1987-yilda tug‘ilgan fuqaro F.N pirotexnika vositalari bilan savdo qilayotganligi aniqlanib, uning yonidan 900 ming so‘mlik pirotexnika mahsulotlari olindi.

Shuningdek, 1983-yilda tug‘ilgan G.S ham pirotexnika vositalarini pullayotgan paytda ichki ishlar organlarining tezkor xodimlari tomonidan fosh etilib, 7 million so‘mlik pirotexnika vositalari rasmiylashtirib olindi.

Surishtiruvlar natijasida ushbu fuqarolar pirotexnika mahsulotlarini Zangiota tumani hududidagi omborxonadan sotib olganligi aniqlandi. Omborxona xolislar ishtirokida tekshirilganda, A.Bga tegishli konteynerda ko‘p miqdordagi pirotexnika vositalari Yangi yil bayrami arafasida sotish maqsadida saqlab kelinayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Опубликовано: admin (26-12-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют