» » Samarqandda tibbiyot xonasiga ega ko‘p qavatli uy ehtiyojmand oilalarga topshirildi

Samarqandda tibbiyot xonasiga ega ko‘p qavatli uy ehtiyojmand oilalarga topshirildi


Samarqand shahrida ma’naviyat va ma’rifat xonasi, kutubxona hamda tibbiyot xonasiga ega ko‘p qavatli uy nogironlar va ehtiyojmand oilalarga topshirildi, deb xabar beradi O‘zA.

Yangi yil bayrami arafasida Samarqand shahridagi 33 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs hamda ehtiyojmand oilalarga zamonaviy qulayliklarga ega xonadonlar kaliti topshirildi.

Shahardagi foydalanilmay turgan yotoqxona binosi rekonstruksiya qilinib, jihozlandi. Ko‘p qavatli uyda ma’naviyat va ma’rifat xonasi, kutubxona tashkil etilgan. Shahardagi 7-oilaviy poliklinika mutaxassislari uchun tibbiyot xonasi ajratilgan.

2017-yilda Samarqand viloyatidagi 142 nafar uy-joyga ehtiyojmand va kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan shaxslar va chin yetimlarga ajratilgan uy-joylarning boshlang‘ich badali to‘lovi homiylik mablag‘lari va boshqa manbalar hisobidan to‘lab berildi.

1000 ga yaqin imkoniyati cheklangan fuqaroga nogironlik aravachasi, eshitish moslamasi va boshqa zarur vositalar berildi.

Опубликовано: admin (26-12-2017, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют