» » Moskvada yer osti o‘tish yo‘liga kirib ketgan avtobus haydovchisi bu turdagi avtobusni birinchi marta boshqargan

Moskvada yer osti o‘tish yo‘liga kirib ketgan avtobus haydovchisi bu turdagi avtobusni birinchi marta boshqargan


“Slavyanskiy bulvar” metrosida trotuarga chiqib ketib, bir necha kishini urib ketgan avtobus haydovchisi bu turdagi avtobusni birinchi marta boshqargan. Bu haqda Haydovchilarni avariyaga qarshi tayyorlash markazi rahbari Aleksey Kolontay ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“Menda u bu turdagi avtobusni birinchi marta boshqarganligi to‘g‘risida ma’lumot bor. Bu esa o‘ta muhim holat”, — deya ta’kidlaydi Kolontay.

Uning so‘zlariga qaraganda, haydovchilar uchuvchilar kabi yangi transport vositasiga moslashishi lozim. Haydovchi notanish avtobusga moslashish uchun yo‘lovchilarsiz yurishi kerak edi.

“Bu vaziyatda esa haydovchi mutlaqo notanish mashinada bo‘lgan va kritik vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qila olmagan”, — qo‘shimcha qiladi Aleksey Kolontay.

Ekspert fikricha, haydovchi hodisa ko‘lamini kamaytirishi mumkin edi, biroq u bunday vaziyatga tayyor bo‘lmagan va sarosimaga tushgan.

Avvalroq avtobusni ishlab chiqaruvchi kompaniya haydovchi ehtimol avtobusni to‘xtatishga hatto urinmaganligini ma’lum qilgan edi.

Опубликовано: admin (26-12-2017, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют