» » 2018-yilda ko‘p qavatli uylar atrofini obodonlashtirish uchun 94,3 milliard so‘m ajratiladi

2018-yilda ko‘p qavatli uylar atrofini obodonlashtirish uchun 94,3 milliard so‘m ajratiladi


2018-yilda ko‘p qavatli uylarning atrofini obodonlashtirish uchun 94,3 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi, deb xabar beradi O‘zA.

Mazkur mablag‘ning 47,1 milliard so‘mi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarning mahalliy budjeti hisobidan, qolgan qismi esa O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.

Ushbu mablag‘lar evaziga 2 ming 779 ta bolalar maydonchasini qurish va ta’mirlash (34,3 milliard so‘m), 126,8 ming pogona metr sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlash (7,7 milliard so‘m), 754,3 ming kvadrat metr yo‘laklarga beton qoplash (44,3 milliard so‘m), 7,1 ming dona tashqi yoritgichlarni ta’mirlash va almashtirish (7,9 milliard so‘m) ishlari amalga oshiriladi.

Bugungi kunda O‘zbekistondagi ko‘p qavatli uy-joylar soni 32,4 mingdan ortiq bo‘lib, ularning to‘rt mingdan ortig‘iga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan xizmat ko‘rsatilmoqda.

Опубликовано: admin (26-12-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют