» » O‘zbekiston hukumatidagi eng yosh vazir o‘rinbosari bir kuni bekor ketganidan xafa bo‘ldi. U yetti soat XPK sessiyasida o‘tirgan

O‘zbekiston hukumatidagi eng yosh vazir o‘rinbosari bir kuni bekor ketganidan xafa bo‘ldi. U yetti soat XPK sessiyasida o‘tirgan


O‘zbekiston hukumatidagi eng yosh vazir o‘rinbosari — xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev 25-dekabr kuni Facebook’dagi sahifasida muhokamalarga sabab bo‘lgan post qoldirdi.

U butun boshli bir kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi anjumani va Yoshlar Ittifoqining taqdimot marosimi sabab yo‘qqa chiqqanidan norozi ekanligini bildirgan.

Kecha (24-dekabr), soat 18:00. Prokuraturadan qo‘ng‘iroq qilishdi va bu safargi chiqishning nechog‘lik muhim ekanligini ta’kidlashdi. Dushanba kuni soat 9:30 dan kechikmay Xalqaro press-klubga kelishimni tayinlashdi.

Xo‘p, erta tongdan kunimni o‘zimcha “rejalashtirdim”. Rosa tayinlashgani Xalqaro press-klub roppa-rosa ikki yarim soat (!) kech boshlandi. Xalqaro press-klubda endigina ishga tushirilgan zalga taklif etishgan ekan, shu sabab ba’zi bir to‘xtalishlar bo‘lishi tabiiy.

Soat 12:00. Kunning yarmi o‘tib bo‘ldi. Endi press-klubni yakunlash uchun zalda o‘tirishim kerakligini so‘rashdi. Soat 16:20 gacha press-klubda lom-mim demay o‘tirdim. Sherzod aka (Qudratxo‘jayev) bor kuchlari bilan harakat qilganliklari aniq, ammo...

Aytgancha, bugun (26-dekabr kuni) O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi mukofotining orziqib kutilgan taqdirlash kuni edi va u 16:00 da boshlanishi kerak edi. Kechikib bo‘lsa-da keldim.

Soat 19:00. Haligacha shu yerdaman.

Eng qizig‘i, Prezidentimiz “Bugun nima qildim va xalqim uchun nima naf keltirdim, degan savolni har kuni o‘zingga ber”, deganlarini barchamiz bilamiz va eshitganmiz. Xo‘sh, nima qildim? Bir necha kun avval to‘rt soat tik turib nima degan edilar-u, men nima qilyapman?

Shunaqa gaplar, azizlar! Bugungi kundan qoniqish — 0 (nol) foiz.

Alisher Sa’dullayev, xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari

Vazir o‘rinbosarining bu posti 360 dan ziyod layk (+reaksiya) bosilgan, 70 dan ziyod komment qoldirilgan.

Опубликовано: admin (26-12-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют