» » Xitoy Yerni masofadan zondlovchi bir nechta sun’iy yo‘ldoshni muvaffaqiyatli uchirdi

Xitoy Yerni masofadan zondlovchi bir nechta sun’iy yo‘ldoshni muvaffaqiyatli uchirdi


Xitoy “Yaogan-30” Yerni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshlarining uchinchi guruhini orbitaga chiqardi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “TASS”.

Ular 26-dekabr, seshanba kuni mahalliy vaqt bo‘yicha 03:44 da janubi-g‘arbiy Sichuan provinsiyasidagi Sichan kosmodromidan “Chanchjen-2S” tashuvchi-raketa yordamida uchirildi.

Qurilmalar orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqilgan. Sun’iy yo‘ldoshlarning ushbu guruhi atmosferadagi elektromagnit nurlanishlarni o‘rganish va bir qator boshqa ilmiy tajribalarni o‘tkazishga mo‘ljallangan.

“Yaogan” seriyasidagi sun’iy yo‘ldoshlar yer yuzasini tadqiq etish, hosildorlikni baholash uchun loyihalashtirilgan, ular tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun qo‘llanishi mumkin.

Опубликовано: admin (26-12-2017, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют