» » “Eskicha qolipga solishga urinuvchilardan Alisherni asrash kerak”. AKT vazirligi rahbari O‘zbekiston hukumatidagi eng yosh vazir o‘rinbosarining yonini oldi

“Eskicha qolipga solishga urinuvchilardan Alisherni asrash kerak”. AKT vazirligi rahbari O‘zbekiston hukumatidagi eng yosh vazir o‘rinbosarining yonini oldi


O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov Facebook’dagi sahifasida xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari — 23 yoshli Alisher Sa’dullayevni qo‘llab-quvvatlab post qoldirdi.

Alisher Sa’dullayev 25-dekabrda butun bir kuni bekorga o‘tib ketgani haqida Facebook’dagi sahifasida post qoldirgan edi. U, prokuratura chaqiruvi bilan, tong soat 9:15 da Xalqaro press-klub sessiyasi (XPK)ga kelgani, unda biror chiqish qilmay, shunchaki tomoshabin bo‘lib o‘tirib, yetti soatdan so‘ng — 16:20 da anjumanni tark etganini yozgan.

XPK moderatori Jaloliddin Usmonovning ma’lum qilishicha, anjuman 11 soat davom etgan. Usmonov vazir o‘rinbosariga “hissiyotga berilib, boshqalarni obro‘sizlantirish noo‘rin”ligini eslatib o‘tgan. Shuningdek, u Sa’dullayevdan XPK uning mas’ul lavozimdagi ilk kunlaridanoq birga bo‘lganini unutmaslikni so‘ragan.

AKT vazirligi rahbari Sherzod Shermatov esa davlat ishiga qiyinchilik bilan jalb etilayotgan yoshlarning vaqtini “bunday samarasiz o‘tishiga yo‘l qo‘yish — noto‘g‘ri”ligini ta’kidladi. Ayni damda, u Alisher Sa’dullayevni aybdor qilishga urinuvchilardan himoya qilish lozimligini uqtirgan.

Alisherning fikrini o‘qib: Prezidentimiz yangicha ishlashga da’vat etganlaridan keyin shunday ahvol bo‘lishi, albatta, noo‘rindir. Yoshlarni davlat ishiga jalb qilamiz, deb shuncha harakat qilinsa-da, ularning vaqtini bunday samarasiz o‘tishiga yo‘l qo‘yish — noto‘g‘ri.

(Alisher) shu fikrini qo‘rqmay aytganining o‘zi ham Prezidentimizning yosh kadrlarni (lavozimlarga) qo‘yish bo‘yicha qilayotgan harakatlari to‘g‘riligini ko‘rsatib turibdi. Avvalgidek faqat “Xo‘p bo‘ladi, xo‘jayin” deydigan rahbarlar bilan faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni rivojlantirib bo‘lmaydi!

Endi, eng asosiysi, bu fikridan keyin Alisherni aybdor qilib, uni eskicha qolipga solishga harakat qiluvchilardan asrash kerak.

Davlat ishiga kreativ, yuqori malakali kadrlarni jalb qilish juda qiyin. Chunki maosh yuqori emas, rejim og‘ir va mas’uliyat katta. Lekin bularga chidasa bo‘ladi — agar kadr kelgusida o‘z harakati bilan jamiyatga foydasi tegishini sezsa va o‘z g‘oyalarini hayotga joriy qila olishiga ko‘zi yetsa.

Buning aksi bo‘lsa va vaqti bekor ketayotganini ko‘rsa, boz ustiga o‘zi xohlamagan va, ayniqsa, noto‘g‘ri deb bilgan ishlarni bajarishga turli idoralar orqali majbur qilishsa, yuqori malakali davlat xizmatchilari sinfini shakllantirishimiz juda qiyin bo‘ladi. Bunday davlat xizmatchilarisiz esa Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish juda mushkul.

Sherzod Shermatov, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi

Опубликовано: admin (26-12-2017, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют