Xalqaro press-klub Shavkat Mirziyoyev faoliyati haqida kitob chop etgan koreys nashri bilan hamkorlik memorandumini imzoladi
Xalqaro press-klub va Janubiy Koreyaning haftalik nashri hisoblangan Uz Kor Economy Media Group o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda “Daryo”ga Xalqaro press-klub vakillari ma’lum qildi.
Memorandum Seul shahrida Xalqaro press-klub Raisi Sherzodxon Kudratxodjayev va Uz Kor Economy jurnali raisi Ryu Sok Ho tomonidan imzolandi.
Hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad:
Xalqaro press-klub O‘zbekistonda bo‘layotgan yangiliklarni Uz Kor Economy nashriga ingliz tilida jo‘natadi va u xabarlarni koreys tiliga tarjima qilib, o‘z auditoriyasiga yetkazadi.
Ma’lumot uchun, Janubiy Koreyada Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Prezidenti lavozimidagi faoliyatining birinchi yili haqida koreys tilida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev” nomli kitob, aynan ushbu nashr tomonidan chop etilgan.