» » Kreml: Putin nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur hujjatlarni Markaziy saylov komissiyasiga shaxsan taqdim etishi mumkin

Kreml: Putin nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur hujjatlarni Markaziy saylov komissiyasiga shaxsan taqdim etishi mumkin


Vladimir Putin prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur hujjatlarni Markaziy saylov komissiyasiga shaxsan taqdim etishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb xabar beradi “Vedomosti”.

“Biz buni istisno etmaymiz”, — dedi Peskov, biroq bu amalga oshishi mumkin bo‘lgan sanani oshkor etmadi.

Prezidentlik saylovlarida mustaqil nomzod sifatida ishtirok etishini bildirgan Putinni kamida 500 kishidan iborat tashabbuskor guruh qo‘llab-quvvatlashi lozim. 26-dekabr, seshanba kuni VDNXda mazkur guruh yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Опубликовано: admin (26-12-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют