» » Rossiyalik rassom O‘zbekiston davlat san’at muzeyiga Orol fojiasiga bag‘ishlangan asarini taqdim etdi

Rossiyalik rassom O‘zbekiston davlat san’at muzeyiga Orol fojiasiga bag‘ishlangan asarini taqdim etdi


O‘zbekiston davlat san’at muzeyida taniqli rassom Andrey Yesionovning “Daryoga ikki marta kirish” deb nomlangan ko‘rgazmasini ikki oy mobaynida 20 mingdan ortiq tasviriy san’at ixlosmandlari tomosha qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Andrey Yesionov Toshkentda tug‘ilib voyaga yetgan. U o‘z ustida tinmay ishlashi va izlanishi sabab mohir rassom bo‘lib yetishdi.

Ayni chog‘da Andrey Yesionov Rossiyada yashab ijod qiladi. Rossiya Badiiy akademiyasi muxbir a’zosi va Akademiyaning oltin medal sohibi bo‘lgan rassom Parij, Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon kabi shaharlarda shaxsiy ko‘rgazmalarini tashkil etib, muxlislar e’tiborini qozongan. Bugungi kunda uning asarlari Rossiyaning nufuzli muzeylarida saqlanmoqda.

Ko‘rgazma yakunida rassom O‘zbekiston davlat san’at muzeyiga “Orol fojiasi” asarini taqdim etdi.

Опубликовано: admin (26-12-2017, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют