» » Moliya vazirligida necha kishi ishdan bo‘shatilganiga aniqlik kiritildi

Moliya vazirligida necha kishi ishdan bo‘shatilganiga aniqlik kiritildi


23-dekabr kuni O‘zbekiston Moliya vazirligida ommaviy ishdan bo‘shatishlar bo‘lib o‘tgani muqaddam xabar qilingan edi. Bir necha kundan so‘ng Moliya vazirligi bir kunda 50 nafar xodimning ishdan bo‘shatilganini inkor etdi hamda uchta boshqarma boshliqlari o‘z lavozimidan ozod etilganini e’lon qildi.

Bugun, 26-dekabr kuni O‘zA vazirlikdan necha kishi bo‘shatilganiga aniqlik kiritdi.

Aytilishicha, Shavkat Mirziyoyevning 22-dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida Moliya vazirligi tizimidagi jiddiy kamchiliklar tanqididan keyin o‘sha kuni vazirlik markaziy apparatidan 2 nafar bosh boshqarma boshlig‘i, 2 nafar bosh boshqarma o‘rinbosari, 4 nafar boshqarma boshlig‘i, 1 nafar boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, 3 nafar bo‘lim boshlig‘i hamda 4 nafar xodim, jami 16 kishi egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bugungi kunga kelib bularning safiga 8 kishi qo‘shilgan va bu raqam 24 tani tashkil etadi.

Jumladan, g‘aznachilik boshlig‘i o‘rinbosari — amaliyot boshqarmasi boshlig‘i F. Nurmuhamedov, buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi boshlig‘i Sh. Haydarov, sanoatning bazaviy tarmoqlari va yoqilg‘i-energetika majmui moliyasi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi A. Abdullayev, davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari M. Agzamov, soliq va bojxona tarifi siyosati boshqarmasining boshlig‘i I. Golisheva, davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi tashkiliy-uslubiy ishlar bo‘limi boshlig‘i B.Jumayevlar egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.

Shuningdek, agentlik yaqin vaqt ichida Prezident tanqid qilgan, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan Ostrogojskaya xonim haqidagi chin ma’lumotlar bilan tanishtirishni va’da berdi.

Опубликовано: admin (26-12-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют