» » Toshkentda 25-dekabr kuni transport vositalarini hujjatsiz boshqarish bilan bog‘liq 100 dan ortiq holat qayd etildi

Toshkentda 25-dekabr kuni transport vositalarini hujjatsiz boshqarish bilan bog‘liq 100 dan ortiq holat qayd etildi


Toshkent shahar YHXB xodimlari tomonidan joriy yil 25 dekabr kuni “Tozalash-Antiterror” tadbiri doirasida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida o‘tkazilgan ishlar davomida jami 1967 qoidabuzarlik aniqlandi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, 14 ta mast holatda transport vositasini boshqarish, 119 ta transport vositalarini hujjatsiz boshqarish, 54 ta svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga rioya qilmaslik, 10 ta harakat davomida uyali telefondan foydalanish, 163 ta odam tashish qoidalarini buzish, 25 ta tezlikni belgilangan me’yoridan oshirish, 3 ta bo‘ysunmaslik, 721 ta xavfsizlik kamarini taqish qoidalariga bo‘ysunmaslik holati qayd etildi.

Jami 86 ta transport vositasi jarima maydonchasiga tortildi. Hozirda ushbu yo‘nalishda tadbirlar o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.

Опубликовано: admin (26-12-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют