» » 2017-yilning yangi qahramoni — Harri Keyn. U afsonaviy Alan Shirerni ham, Lionel Messini ham ortda qoldirdi

2017-yilning yangi qahramoni — Harri Keyn. U afsonaviy Alan Shirerni ham, Lionel Messini ham ortda qoldirdi


APL tarixida bir yilda gol urish borasida endi Alan Shirer peshqadam emas. 1995-yil “Blekbern Rovers” safida to‘p surgan ingliz afsonasi 1 yil davomida 42 uchrashuv o‘tkazib, 36 ta gol urishning uddasidan chiqa olgandi.

Harri Keyn esa 36 ta bellashuvda 39 gol urishga erishdi. Oradan 22 yil o‘tib rekordni yangilagan Keynni birinchi bo‘lib Alan Shirerning o‘zi tabrikladi.

Sen ajoyib 2017-yilni o‘tkazding, Harri Keyn va haqli ravishda bir yillik rekordni yangilading. Barakalla, xuddi shu ruhda davom et.

Alan Shirer, afsonaviy futbolchi

Keyn faqatgina shu bilan cheklanib qolmadi. U 2017-yil hisobidan barcha turnirlarda 56 ta gol urishga erishdi va bu borada Lionel Messidan ham o‘zib ketdi. Messi “Real” postiga yildagi so‘nggi golini urib, aniq zarbalari sonini 54 taga yetkazib olgandi. “Sautgempton”ga qarshi uchrashuvdan keyin Keynning gollari soni 2017-yil hisobidan 56 tani tashkil qildi.

Messi hamda Shirer kabi futbolchilar bilan solishtirishlarining o‘ziyoq futbol uchun boringni berishga arziydi. Yilni xet-trik bilan yakunlash ajoyib. Maqsadim doimo o‘sib borish. Shu vaqtgacha bunga amal qildim va keyin ham shunday bo‘lishi uchun harakatdaman. Umid qilamanki, 2018-yil “Tottenhem” uchun yanada yaxshi keladi.

Harri Keyn, “Tottenhem” hujumchisi

Angliya milliy terma jamoasi hujumchisi 2017-yil davomida 8 bor xet-trik qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. Uning eng yaqin raqobatchilari bo‘lgan Mauro Ikardi hamda Pyer-Emerik Obameyangda bu ko‘rsatkich 3 tani tashkil qilgandi.

APL doirasida olib qaralsa, Keynning xet-triklari 6 tani tashkil qildi. Bu borada ham hujumchi chempionat rekordini o‘rnatib qo‘ydi.

Men juda xursandman. Keyn shunga munosib edi. U faqatgina iqtidorli futbolchi emas, u shunchaki professional hamdir. Eng yaxshi tomoni, u jamoaviy futbolni yaxshi ko‘radi, o‘zi uchun o‘ynamaydi. 3,5 yil davomida Keyn qanday o‘sib borganini barchamiz ko‘rdik. Endi u hamma uchun o‘rnak bo‘la oladi.

Maurisio Pochettino, “Tottenhem” bosh murabbiyi

Опубликовано: admin (27-12-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют