» » Jeenbekov: IShID mafkuraviy frontda Markaziy Osiyoga hujum qilmoqda

Jeenbekov: IShID mafkuraviy frontda Markaziy Osiyoga hujum qilmoqda


IShID Markaziy Osiyo mamlakatlarida ekstremistik mafkurani tarqatishni kuchaytirmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov aytib o‘tdi, deb yozadi “Vesti Kavkaza”.

“Markaziy Osiyoda IShID va shunga o‘xshash boshqa radikal guruhlar mafkurasining tarqalishi kuchaytirilmoqda, faol targ‘ibot va davlatlarimiz fuqarolarini yollash ishlari olib borilmoqda”, — dedi u Moskvadagi MDH mamlakatlari yetakchilarining norasmiy uchrashuvida.

Shu munosabat bilan Qirg‘iziston rahbari MDH va Kollektiv xavfsizlik haqidagi shartnoma tashkiloti mamlakatlarini chegaralar xavfsizligi sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi. Usiz to‘la-to‘kis kollektiv xavfsizlikni, davlat chegaralarining ishonchli himoyasini ta’minlash, shuningdek, zamonaviy tahdidlarning katta qismiga qarshi turish mumkin emas, dedi u.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (27-12-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 51) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют