» » Rossiya bosh shtabi rahbari IShIDning Suriyadagi otryadlari boshliqlarini kimlar o‘qitganini aytdi

Rossiya bosh shtabi rahbari IShIDning Suriyadagi otryadlari boshliqlarini kimlar o‘qitganini aytdi


Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i, armiya generali Valeriy Gerasimov aytishicha, Suriyadagi IShID terrorchilik guruhining harbiy qismlari boshida Yaqin Sharq va G‘arb mamlakatlaridan kelgan instruktorlar tomonidan o‘qitilgan qo‘mondonlar turgan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriyadagi voqealar boshlanishi bilan bosh shtab muhitni kuzatgan va ushbu guruhlar harakatlarining taktikasi o‘ziga xosligini bilgan. Gerasimov ular terrorchilik harakatlaridan tashqari, taktik usullarni ham qo‘llashini aytdi.

“Ushbu noqonuniy qurolli guruhlar boshida qator Yaqin Sharq va G‘arb mamlakatlaridan kelgan instruktorlar tomonidan maxsus o‘qitilgan qo‘mondonlar turgan. Iroq armiyasining sobiq ofitserlari ham bo‘lgan”, — dedi Gerasimov.

Bundan tashqari, general jangovar harakatlar chog‘ida terrorchilar Iroq va Suriya armiyasining katta miqdordagi qurol-yarog‘ va texnikasini qo‘lga kiritganini aytdi.

“Tank va zirhli mashinalarning o‘zi ularda 1,5 mingtagacha bo‘lgan. Qo‘shimcha ravishda taxminan 1,2 mingta qurol va minomyot. Bu muntazam armiya edi, desa ham bo‘ladi”, — deya ta’kidladi Gerasimov.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (27-12-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют