» » Qozog‘istonda qiz nevarasini tiriklayin pechda yoqib yuborgan ayol 17 yilga qamaldi

Qozog‘istonda qiz nevarasini tiriklayin pechda yoqib yuborgan ayol 17 yilga qamaldi


Qozog‘istonning Petropavlovsk shahrida qiz nevarasini pechda tiriklay yoqib yuborgan ayol 17 yilga qamaldi, deb xabar beradi Kazakhstan Today.

Sud to‘rt marta majlis o‘tkazganidan so‘ng ayblanuvchiga nisbatan hukm o‘qildi.

Sudlanuvchi Lyubov Rusaliyeva o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘ldi, qilmishidan afsusda ekanligini bildirdi, biroq o‘zining shafqatsizlarcha xatti-harakatlari sababini izohlab bera olmadi.

Sudlanuvchining asrab olgan qizi, vafot etgan qizchaning onasi Olesya Grudinskaya farzandining qotilini hech qachon kechira olmasligini ma’lum qilgan.

“U uzoqroq yashasin va qizimning begunoh, moviy ko‘zlarini yodda tutsin. Uni hech qachon kechirmayman”, — deydi Olesya.

Xabarda qayd etilishicha, ayol so‘nggi bir necha yil mobaynida ichkilikka ruju qo‘ygan.

Jinoyat sodir etilgan kuni ham u alkogol ichimlik ta’sirida bo‘lgan. U qizidan do‘konga chiqib kelishni so‘ragan. O‘zi esa pechni yoqib, u yerga uch haftalik qizchani uloqtirgan. Ayol qamoqxonada alkogolizmdan davolanadi.

Опубликовано: admin (27-12-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют