» » LG’dan yangilik. Bunaqasi hali bo‘lmagan!

LG’dan yangilik. Bunaqasi hali bo‘lmagan!


LG Electronics kompaniyasi CES 2018 ko‘rgazmasiga tashrif buyurganlarga uyga mo‘ljallangan iqlim texnikasining yangi “aqlli” modellarini taqdim etadi. LG PuriCare havo tozalovchisi kichik zarrali chang datchigi va ovozni taniy oluvchi funksiya hamda DeepThinQ texnologiyasiga ega DUALCOOLThinQ (SM) StandInverter konditsioneri xonada tozaroq va yaxshi havo bo‘lishini ta’minlaydi, bu qurilmalarni boshqarish esa juda qulay hamda oddiy.

Kichik zarrali changlarni yo‘qotish bo‘yicha yuqori texnologiyali intellektual qurilma

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, xonadagi changlar butun dunyo bo‘ylab odamlar hayoti sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. Havoni nazorat qilish bo‘yicha yuqori ta’sirchan datchikka ega LG PuriCare havo sifati salbiy ko‘rinish oladigan bo‘lsa, changning kichik zarralarini avtomatik ravishda yo‘q qila boshlaydi. Havo sifatini nazorat qilish hattoki PuriCare o‘chiq holda bo‘lsa ham amalga oshiriladi. Qurilma faqat havoni tozalash kerak bo‘lganida ishga tushadi. PuriCare’ning noyob silindr shaklidagi korpusida havoni tozalash bo‘yicha eng zamonaviy texnologiya joy olgan – 360 burchakni maksimal tozalash uchun filtratsiya tizimi 360° TotalCareFilterSystem.

CleanBooster tozalashni yanada kuchaytirish funksiyasi tufayli esa, LG PuriCare tozalangan havoni 7,5 metrga qadar bo‘lgan radiusda tarqatishga qodir. Bu havoni hattoki eng kichik xonalarda ham tozalash imkonini beradi, qurilma yaqinida esa ancha yengil havo oqimini yaratadi. Shu tariqa, PuriCare yosh bolali va uy hayvonlariga ega oila uchun ideal yechimga aylanadi.

Ovozi boshqarish funksiyasi bilan maksimal qulaylik

CES ko‘rgazmasida, shuningdek, DUALCOOLThinQ (SM) StandInverter konditsioneri birinchi marta taqdim etiladi, u ovozni tanish funksiyasiga ega. U uyingiz ostonasidanoq yoki boshqa xonadan bitta gap bilan haroratni tartibga solish imkonini beradi. Energiya samaradorlikning yuqori darajasi va ikkita invertorli kompressor tufayli yuz beruvchi shovqinning past darajasiga qo‘shimcha tarzda, DUALCOOLThinQ (SM) LG’dan DeepThinQ integratsiyalashgan sun’iy idroki borligi bilan ham ajralib turadi. U xonada bo‘lib turgan odamlarga ko‘proq havoni yo‘naltiradi, bu xonani farqlash tufayli yuz beradi.

Odamlar borligini aniqlashdan tashqari, intellektual datchik yordamida inson harakati (IntelligentHumanMovementSensor) bilan havo oqimi kuchi tartibga solinadi, bunda bir odam yoki kishilar guruhi konditsionerga naqadar yaqin joylashgani muhim ahamiyat kasb etadi. Uyda istiqomat qiluvchilarning har kunlik o‘zini tutish modelini tahlil qilib, LGDUALCOOLThinQ (SM) uyning qaysi qismini kunning ma’lum bir qismida ko‘proq sovutishni aniqlaydi, bunda optimal harorat yaratiladi va elektr energiyasi tejaladi.

“LG intellektual maishiy qurilmalari qulay sharoit yaratish uchun iste’molchilar ehtiyojlarini prognoz qila olganligi tufayli ham soha yetakchilaridan biri sanaladi. Bugungi kunda sun’iy idrok rivojlanishning shunday darajasida turibdiki, u shunchaki shaxmat o‘ynashdan ko‘proq narsaga qodir, hamda LG kompaniyasi bu texnologiyani iste’molchilarning hayot sifatini yaxshilash uchun foydalanishga harakat qilmoqda”, — deydi LG HomeAppliance&AirSolution kompaniyasi prezidenti Son De Xen (Song Dae-hyun).

CES 2018 ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilar LG’ning “aqlli” iqlim qurilmalari samaradorligiga Las-Vegasdagi Konferens-markazning markaziy zali № 11100 pavilyonida 9—12-yanvar kunlari baho berishlari mumkin.

Reklama huquqi asosida!

Опубликовано: admin (27-12-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют