» » 2019-yildan yengil avtomobillar faqatgina tadbirkorlar tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi

2019-yildan yengil avtomobillar faqatgina tadbirkorlar tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi


2019-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslarning yengil avtotransport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish faqatgina tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Bu O‘zbekiston hukumatining 22-dekabrdagi qarorida ko‘zda tutilgan, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 1-yanvardan yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalarining jismoniy shaxslarning yengil avtotransport vositalarini (yuk, yo‘lovchi va maxsus transport vositalaridan tashqari) majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish funksiyasi bosqichma-bosqich tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga topshiriladi.

15-yanvarga qadar texnik ko‘rikdan o‘tkazganlik uchun to‘lovlar miqdorlari qayta ko‘rib chiqilishi, bunda transport vositasi toifasi hisobga olingan holda yuridik va jismoniy shaxslar uchun alohida differensiyalangan to‘lov miqdorlari joriy etilishi lozim.

Ichki ishlar vazirligi doimiy ravishda tadbirkorlarning texnik ko‘rikdan o‘tkazish borasidagi faoliyatini monitoring qilib, samaradorligini tahlil qilib boradi. 2018-yilda texnik ko‘rikdan o‘tkazish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi lozim.

Опубликовано: admin (27-12-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют