» » Voronej viloyatida bir oylik chaqalog‘ini sotishga uringan O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan hukm o‘qildi

Voronej viloyatida bir oylik chaqalog‘ini sotishga uringan O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan hukm o‘qildi


Rossiya Federatsiyasi tergov qo‘mitasining Voronej viloyatida sodir bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha to‘plagan dalillariga asosan, sud O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 39 yoshli ayol hamda uning 30 yoshli hamxonasini mamlakat Jinoyat Kodeksining 127.1-modda 2-qismi bo‘yicha (odam savdosi) aybdor deb topdi, deya xabar berdi “Sledcom.ru”.

Tergov hamda sudning aniqlashicha, ayol 2017-yilning 8-sentabrida qiz farzandni dunyoga keltirgan, biroq Rossiyaning FHDYo organlarida belgilangan tartibda uning tug‘ilganini ro‘yxatdan o‘tkazmagan. 2017-yilning 10-oktabr kechasi Voronej shahri hududida u o‘zining xonadoshi bilan birga chaqaloqni 30 ming rublga noma’lum shaxslarga sotib yuborishga harakat qilgan. Xonadoshlar o‘zlarining yovuz niyatini yakunlashga ulgurmagan, chunki ushbu harakatlar Voronej viloyatining IIV bosh boshqarmasi xodimlari nazorati ostida bo‘lgan va jinoyatchilar qo‘lga olingan.

O‘zbekiston fuqarolari qilgan jinoyatlarini bo‘yniga olgan. Tergov davomida erkak va ayol istiqomat qilayotgan joyida ro‘yxatdan o‘tmaganligi va Rossiya hududida vaqtincha yashab turganligi aniqlangan.

Sud qaroriga ko‘ra hamxonalar uch yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Опубликовано: admin (27-12-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют