» » Meksikada 3 oyda salkam 13 ming zilzila qayd etildi

Meksikada 3 oyda salkam 13 ming zilzila qayd etildi


Meksikada joriy yil sentabr—noyabr oylarida 1,2—8,2 magnitudali 12,7 mingdan ortiq zilzila ro‘y berdi. Bu haqda mamlakat milliy seysmologiya markazi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Markazga ko‘ra, eng ko‘p yer osti silkinishi (5,7 mingta) sentabrda qayd etildi. Aynan shu oyda — 7 va 19-sentyabrda yuzlab kishining umriga zomin bo‘lgan ikki kuchli zilzila sodir bo‘ldi.

Meksika Enrike Penya Neto prezidenti ulardan ko‘rilgan zararni 48 milliard peso (2,5 milliard dollardan oshiq) baholadi. 

Oktabrda salkam 3,8 ming, noyabrda 3,2 mingdan ko‘proq zilzila ro‘y berdi. Yer osti silkinishlari asosan Oxaka va Chyapas shtatlarida kuzatiladi, ulardan keyin Gerrero, Michoakan Kolima va Xaliskoni ko‘rsatib o‘tish mumkin. 

Опубликовано: admin (27-12-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют