» » Prezidentni maqtashni cheklash taklifi, Moliya vazirligi tizimidan haydalgan 560 xodim, Qorbobodan akasining sog‘ayib ketishini so‘ragan farg‘onalik qizaloq va kunning boshqa muhim xabarlari

Prezidentni maqtashni cheklash taklifi, Moliya vazirligi tizimidan haydalgan 560 xodim, Qorbobodan akasining sog‘ayib ketishini so‘ragan farg‘onalik qizaloq va kunning boshqa muhim xabarlari


27-dekabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Rasman: Moliya vazirligi tizimida 500 dan ortiq xodim ishdan bo‘shatildi. Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov esa 11 oyda 200 nafar militsioner jinoiy javobgarlikka tortilganini ma’lum qildi.

2. Andijon shahri hokimi jarimaga tortildi. Maktab direktorlariga qo‘l ko‘targan Sayxunobod hokimi-chi? Shavkat Mirziyoyev hokimlarning mushtumzo‘rligi va zo‘ravonligini “Prezident siyosatiga qarshi harakat” deb atagan edi.

3. “Prezidentni maqtashga ikki yillik moratoriy e’lon qilgan bo‘lardim”. O‘zA “Bi-bi-si O‘zbek xizmati” muharriri Pahlavon Sodiqning O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasiga doir fikrlarini e’lon qildi.

4. 27-dekabrda kun davomida yopiq bo‘lgan Qamchiq dovoni ochildi. Xabar berishlaricha, dovonning yopilishiga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan.

5. Farg‘onalik 2-sinf o‘quvchisi qorbobodan Yangi yil sovg‘asi sifatida akasining sog‘ayib ketishini so‘radi. “Maktab yetakchisi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyat kengashi bu xatni e’tiborsiz qoldirmadi”.

Опубликовано: admin (27-12-2017, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют