» » O‘zbekiston IIV pullik asosda ekspertlik xizmatlarini ko‘rsatishni boshlaydi

O‘zbekiston IIV pullik asosda ekspertlik xizmatlarini ko‘rsatishni boshlaydi


O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi yuridik shaxslarga pullik asosda ekspertlik, ilmiy-tadqiqiy, axborot xizmatlarini ko‘rsatishni boshlaydi. Bu haqda 1News xabar bermoqda.

Aytilishicha, ko‘rsatiladigan xizmatlar bir necha yo‘nalishlarni qamrab oladi. Shular orasida — turli hujjatlar, qimmatbaho qog‘ozlar, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar soxtalashtirilganini aniqlashni hamda videokuzatuv tizimlarining shaxs identifikatsiyasidagi imkoniyatlarini o‘rgatish.

Shuningdek, transport vositalari bilan bog‘liq xizmatlar taqdim etiladi. IIV mutaxassislari turli hujjatlar va bosma mahsulotlarni tadqiq qilishni o‘rgatadi.

Qo‘lyozmalar va imzolar identifikatsiyasi, eskirgan matnlarni tiklash xizmatlari ko‘rsatiladi. Nihoyat, mutaxassislar kompyuter texnologiyalari sohasida (o‘chirilgan ma’lumotlarni tiklash, raqamli axborot himoyasi bo‘yicha konsultatsiya), alkogolli ichimliklar va zargarlik buyumlari tarkibini aniqlash bo‘yicha maslahatlar berishi mumkin.

Опубликовано: admin (27-12-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют