» » O‘zbekistonning barcha mintaqalariga Prezident sovg‘alari yetkazildi

O‘zbekistonning barcha mintaqalariga Prezident sovg‘alari yetkazildi


“Prezident archasi” bayram tadbirlari doirasida Prezident sovg‘alari respublika mintaqalariga yetkazildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Aytilishicha, bugungi kunga qadar Mehribonlik va Muruvvat uylari o‘g‘il-qizlari, “SOS – bolalar mahallalari”, Go‘daklar uyi, Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, mamlakat tinchligi yo‘lida qurbon bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining farzandlari uchun 12 nomdagi o‘quv qurollari va 15 nomdagi shirinliklardan iborat bo‘lgan 11 ming dona Prezident sovg‘alari tayyorlandi.

26-dekabr kuni Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahriga 3734 ta Prezident sovg‘asi avtotransportlarda, 6265 sovg‘a “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining samolyotlari orqali 25­27­­­­­-dekabr kunlari jadval asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va to‘qqizta viloyatga yetkazildi.

Sovg‘alar 29-30-dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda tashkil etiladigan “Prezident archasi” tadbirlarida kichkintoylarga tantanali ravishda topshiriladi.

Опубликовано: admin (27-12-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют