» » Dunyoning eng badavlat odamlarning boyligi 2017-yilda 1 trillion dollarga ko‘paydi

Dunyoning eng badavlat odamlarning boyligi 2017-yilda 1 trillion dollarga ko‘paydi


2017-yilda dunyoning eng badavlat 500 nafar odamining boyligi 1 trillion dollarga ko‘paydi. Bu haqda Bloomberg, nashriga tayanib, “Vedomosti” xabar berdi. 2016-yilda ushbu ko‘rsatkich salkam to‘rt barobarga kam edi — 237 million dollar.

Agentlikning yozishicha, 26-dekabr sanasiga ko‘ra Bloomberg Billionaires Index ro‘yxatidan o‘rin olgan 500 nafar milliarder nazorati ostida bo‘lgan aktivlarning umumiy qiymati 5,3 trillion dollarni tashkil etgan. Bloomberg Billionaires Index  dunyoning 500 nafar milliarderini har kuni kuzatib boradi, ularning boyligi bir yilda 23 foizga, MSCI World va Standard & Poor’s 500 fond indekslari esa deyarli 20 foizga o‘sgan.

2017-yil IT sohasidan bo‘lgan 57 nafar milliarder uchun muvaffaqiyatli kelgan. Bloomberg’ning baholashicha, ular yil davomida 262 milliard dollarga boyigan. Amazon asoschisi Jeff Bezosning boyligi joriy yilda 34,2 milliard dollarga ortgan, noyabr oyi so‘ngida amalga oshirilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, uning davlati 99,6 milliard dollarga teng. Ikkinchi o‘rinni esa Microsoft asoschisi Bill Geyts egalladi (91,3 milliard dollar bilan).

Birinchi bor osiyolik milliarderlar soni amerikalik milliarderlar sonidan ortib ketdi. Shu bilan birga, umumiy boyligi 2 trillion dollarni tashkil etadigan 159 nafar milliarderning davlatiga 2017-yilda yana 315 milliard dollar qo‘shildi.

Xitoyning 38 nafar biznesmenining boyligi esa 177 milliard dollarga ortgan. Xususan, China Evergrande Group asoschisi Xuey Ka Yan 25,9 milliard dollar ishlab topib, daromadining darajasi bo‘yicha Jeff Bezosdan keyingi o‘rinni egallagan.

Опубликовано: admin (27-12-2017, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют