» » Toshkentda siqilgan gazda yuruvchi 50 ta MAN avtobusi qatnay boshlaydi

Toshkentda siqilgan gazda yuruvchi 50 ta MAN avtobusi qatnay boshlaydi


“Toshshahartransxizmat” kompaniyasi siqilgan gazda ishlovchi 50 ta MAN A22CNG katta hajmli avtobuslarini qabul qilib oldi. Ularning bari Samarqanddagi JV MAN Auto-Uzbekistan qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

2018-yili O‘zbekiston poytaxtiga yana 110 ta, 2019-yili esa 90 ta avtobus yetkazib beriladi. Yangi avtobuslar yetkazib berilishi hukumatning shu yil 11-martidagi qarorida ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, “Toshshahartransxizmat” avtobus parklarida MAN servis markazlari ochiladi.

12 metr uzunlikdagi MAN A22 CNG avtobusi MAN shassisi negizida ishlab chiqariladi. Uning yengil alyuminiy kuzovi yo‘l qoplamasiga tushadigan yuklamani kamaytirish va ekspluatatsiya muddatini oshirishga yordam beradi. kuzovning keng o‘lchovi esa 90 nafargacha yo‘lovchi tashish imkonini beradi.

E2876 dvigateli takomillashtirilgan ekologik toza avtomobillar (EEV) haqidagi standartga mos keladi. U 310 ot kuchiga ega.

2015-yil sentabridan buyon Toshkentda shu turdagi avtobusning birinchi prototipi sinov tartibida ishlamoqda. Bugungi kunga kelib u 130 ming kilometr yo‘l bosib o‘tdi. Shu davr ichida transport vositasining asosiy agregatlari buzilishlarsiz ishlamoqda, deb ma’lum qildi “O‘zavtosanoat” kompaniyasi boshqaruvchi raisi o‘rinbosari Abdurahim Musayev.

Опубликовано: admin (27-12-2017, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют